Assalomu alaykum, ushbu maqolada CRM tizimlari haqida ma'lumot berishga qaror qildim. Biznesni mijozlarga yaqin qilish, mijozlar nima xohlayotganini aniqlash, qiziqishiga qarab reklama auditoriyasini aniqlash... va shu kabilar uchun CRM tizimlardan foydalaniladi.
CRM - ingliz tilidagi Customer Relationship Management (o'zbekchada, Mijozlar bilan Munosabat Boshqaruvi) so'zlarining qisqartmasi. Hozirda faoliyat olib borayotgan katta kompaniyalarning aksariyati ushbu tizimga ega. Shu orqali mijozlarning fikrini o'rganib ularga mos xizmatlar taqdim etadi. CRM tizimga turli ma'lumotlarni jamlash mumkin. Bu biznesga va eng optimal yechimga qarab belgilanadi. Bazi kompaniyalarga mijoz qanday mahsulotlarga qiziqishi haqida malumot kerak bo'lsa, bazi kompaniyalarga mijozning yashash manzili haqida malumot kerak bo'ladi. Bazi kompaniyalarga har qanday malumot kerak bo'ladi :) Bunga misol sifatida IT sohasidagi eng katta kompaniyalardan biri bo'lgan Google ni keltirish mumkin. Google sizning qaysi saytlarga tashrif buyurib, qanday malumotlarga qiziqayotganingizni tahlil qiladi, joylashgan manzilingizni aniqlaydi... va bu orqali Google Adsenseda samarali reklama kampaniyasini olib boradi. Youtube ni ham misol keltirish mumkin so'ngi vaqtlarda siz qanday videolar ko'rayotgan bo'lsangiz Youtube sizga shunga o'xshash videolarni tavsiya qiladi. Bunday misollar juda ham ko'p.
CRM quyidagilarga yordam beradi:
CRM tizimi ma'lumotlarni turli usullarda yig'ishi mumkin. Buni biznes yo'nalishiga qarab aniqlab olish kerak. Supermarketlar malumotlarni yig'ish uchun sodiqlik yoki keshbek-kartalar joriy etishgan. Ushbu kartani olganlar chegirmaga ega bo'lishadi, kartani olish uchun esa ma'lumotlarini taqdim etadi - ism-sharif, telefon raqam, manzili yoki elektron pochtasi. Mijoz har safar ushbu supermarketdan mahsulot harid qilganda chegirma olish uchun sodiqlik-kartasini taqdim etadi, chegirma bilan mahsulot harid qiladi haridi haqidagi ma'lumotlar esa CRM tizimga tushadi. Shu orqali ushbu mijoz eng ko'p nima harid qilayotgani aniqlanadi va shu mahsulotga chegirma bo'lgan vaqti yoki biror aksiya bo'lsa telefon raqamiga xabarnoma boradi. Tabiiyki, mijoz bu mahsulotdan ko'p marta harid qilgan, demak, aksiya ham qiziq. Bundan tashqari, ushbu supermarket, qaysi mahsulot ko'proq sotilyapti, qaysi biri kamroq - shularni ham tahlil qila oladi. Shu orqali mahsulotlarni ortiqcha turishdan saqlab, aylanmani tezlashtiradi.
Yaqin o'tmishda Googe Play Marketni portlatgan o'yin - Pokemon Go taqdim etilgandi. Bu o'yin qisqa vaqt ichida 100 million marta yuklab olindi. Nima uchun bu o'yin barcha uchun birdek qiziq? O'yin ishlab chiquvchilari, ishni boshlashdan avval yangicha g'oya o'ylab topishadi. Bu g'oyani o'zlari emas internet foydalanuvchilari berardi. Ya'ni, ishlab chiquvchilar, internetda so'rovna o'tkazishni boshlashadi. Unda o'yinlardagi kamchiliklar, qiziqishlar, kerakli personajlar va turli fikrlarni yig'ib, barcha uchun birdek qiziq bo'ladigan o'yin ishlab chiqishgan. Bu ham CRM ga namuna bo'la oladi.
Umuman olganda, CRM ni turli maqsadlarda ishlatish mumkin, biznes bo'ladimi o'yin bo'ladimi, barchasi mijozlar yoki foydalanuvchilarning fikrini o'rganish uchun qilinadi. CRM tizimlarga misollarni internet olamida ham, real hayotda ham topish mumkin.
Sizning biznesingizga ham CRM kerak! Raqobatchilaringizdan bir qadam oldinda bo'lib, sotuvlarni mukammal tahlil qilib, oldindan savdo bashoratini amalga oshirmoqchimisiz? Unda hoziroq Customer Relationships Managementga buyurtma bering! Murojaat uchun telefon: +998943646777